Sport

Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi eng esda qolarli kambeklar

Zamon.uz eng qiziqarli o‘tgan bahslarni taqdim etadi.

Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi eng esda qolarli kambeklar

 

Bugun Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Biz hozir ushbu musobaqa pley-off bosqichidagi eng ajoyib kambeklarni eslaymiz.

 

2018/2019 yilgi mavsum, yarim final.

“Barselona” 3:0 “Liverpul”;

“Liverpul” 4:0 “Barselona”.

 

Birinchi o‘yinda kataloniyaliklar Lionel Messining dubli evaziga raqibni ishonchli tarzda mag‘lub etishdi. Shundan so‘ng ko‘plab mutaxassislar “Barsa”ni muddatidan avval finalga yo‘l olishdi deya gapirishdi. Ammo ular xato qilishgandi. “Liverpul” javob o‘yinida jarohat olgan Muhammad Saloh va Roberto Firminosiz ishtirok etadi. Biroq, jamoaning tarkibida boshqa qahramonlar ham bor edi. Dastlabki daqiqalarda Divok Origi hisobni ochgan bo‘lsa, tanaffusdan so‘ng darhol Jorjinyo Veynaldum dubl qayd etdi. Finalga chiqish imkoniyatini jiddiy oshirish uchun “Barsa”ga atigi bitta gol urish kifoya edi, ammo ular bu vazifani uddalay olishmadi. Va yakunda jamoa turnirni tark etdi. Finalda “Liverpul” “Tottenhem”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

 

Mavsum-2016/2017, 1/8 final.

“PSJ” – “Barselona” - 4:0;

“Barselona” – “PSJ” - 6:1.

 

“Barselona” Chempionlar ligasi tarixida birinchi o‘yinda to‘rtta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lib, keyingi bahsda pley-off bosqichiga yo‘l olgan birinchi jamoa hisoblanadi. Parijdagi dahshatli o‘yindan so‘ng, umumiy muvaffaqiyatga faqat kataloniyaliklarning eng sodiq muxlislari ishonishdi. “Barsa” bosh murabbiyi Luis Enrike ham bu moʻjizadan umid qildi: “Agar parijliklar to‘rtta gol ura olsalar, biz oltita gol urishimiz mumkin”, — degandi ispaniyalik murabbiy javob o‘yini oldidan. Lekin, Enrike jamoasi qiyin vazifani baribir uddasidan chiqdi.  Luis Suaresning dastlabki goli “Barselona” muxlislariga ishonch bag‘ishladi, ikkinchi bo‘lim boshida esa mezbonlar uchta to‘p farqi bilan oldinda borayotgandi. Parijliklar Edinson Kavanining saʼy-harakatlari bilan yana bitta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin esa intriga yakunlangandek bo‘ldi. Biroq, 88-dan 90+5-daqiqaga qadar Neymar dublga erishdi. Keyin esa Serxi Roberto gol urishga muvaffaq bo‘ldi.  Biroq “Barsa” keyingi bosqichda yurishini to‘xtatdi. “Yuventus” jamoani mag‘lub etdi. Bahsda kataloniyaliklar 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi, “Kamp Nou”da esa muxlislar gol ko‘rishmadi.

 

Mavsum-2017/2018, 1/4 final.

“Barselona” 4:1 “Roma”;

“Roma” 3:0 “Barselona”.

 

“Barselona” uchun yana bir epik voqea. O‘sha bahsda kataloniyaliklar Rimga jiddiy ustunlik bilan yetib kelishdi. Biroq, 90 daqiqadan so‘ng ular buni qo‘ldan boy berishdi. “Roma” o‘yinda tezda hisobni ochdi. Edin Jeko darvozabon bilan yakkama-yakka holatda gol kiritdi. Tanaffusdan so‘ng bosniyalik futbolchi penalti ishlab oldi (Jerard Pike qo‘pollik qildi), uni Daniyele De Rossi golga aylantirdi. Qizig‘i shundaki, birinchi o‘yinda De Rossi va Manolas o‘z darvozalariga gol urishgan, ammo javob o‘yinida o‘zlarini ko‘rsatishdi. “Roma” tarixda birinchi marta Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi. Hamda u yerda “Liverpul” bilan kurash olib bordi. Bu bosqichning birinchi o‘yinida Italiya klubi 2:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, javob uchrashuvida 4:2 hisobida zafar quchdi.

 

Mavsum-2018/2019, 1/8 final.

“Manchester Yunayted” 0:2 “PSJ”;

“PSJ” 1:3 “Manchester Yunayted”.

 

2019 yilning bahori Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi o‘yinlar juda qiziqarli bo‘ldi. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi, ammo so‘nggi g‘alabaga ishongan holda Parijga yo‘l oldi. Aytgancha, ser Aleks Fergyuson ham jamoa bilan bir samolyotda uchgan. Tanaffusga qadar mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishayotgandi va gollardan biri Janluiji Buffonning xatosi natijasi bo‘ldi.

 

“Albatta, bu juda qiyin bo‘ladi”, - degandi Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘yin oldidan. Yakunda bosh hakam Damir Skomina avvaliga “Manchester Yunayted” foydasiga burchak zarbasi belgiladi. Keyinchalik qo‘shib berilgan vaqtda Markus Reshford penaltini golga aylantirdi. Goldan so‘ng jamoalar yana olti daqiqa o‘ynashdi, biroq “PSJ” uchun bu yetarlicha vaqt bo‘lmadi. Chorak finalda “Manchester Yunayted” “Barselona”ga har ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi.

 

Mavsum-2018/2019, 1/8 final.

“Atletiko” 2:0 “Yuventus”;

“Yuventus” 3:0 “Atletiko”.

 

Madriddagi birinchi o‘yin teng kurashlar ostida kechgan bo‘lsada, yakunda mezbonlar himoyachilarning gollari evaziga g‘alabani tortib olishdi. Dastlab Xose Mariya Ximenes, keyin esa Diyego Godin gol urdi. Turinda yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘yini jamoasini g‘alaba sari yetakladi. Portugaliyalik futbolchi Italiyadagi ilk mavsumidayoq jamoasini tom maʼnoda chorak finalga olib chiqdi. Krishtianu o‘yinda ikkita gol urdi va so‘nggi daqiqalarda penaltini golga aylantirdi. Bungacha Ronaldu “Real Madrid” bilan Chempionlar ligasida “Atletiko Madrid”ni uch marta mag‘lub etgandi va 2019 yilda u buni to‘rtinchi marta amalga oshirdi. Biroq o‘sha yili “Yuventus” uzoqqa bormadi. Jamoa chorak finalda “Ayaks”ga imkoniyatni boy berdi.

 

Mavsum-2015/2016, 1/4 final.

“Volfsburg” 2:0 “Real Madrid”;

“Real Madrid” 3:0 “Volfsburg”.

 

2019 yilda Ronaldu “Yuventus”ni Chempionlar ligasining 1/4 finaliga olib chiqqandi, uch yil avval esa portugaliyalik “Real”ga xuddi shunday vaziyatda yordam bergan. Bu safar jamoa yarim final ostonasida edi va ispan klubi Germaniyadagi birinchi o‘yinni omadsiz o‘tkazadi. Madridda Krishtianu darhol ishga kirishdi va 17-daqiqaga kelib raqibini ikki marta xafa qildi. Tanaffusdan so‘ng “Real Madrid” ancha ehtiyotkor o‘ynadi. 77-daqiqada Ronaldu o‘zining navbatdagi imkoniyatidan foydalandi. U “Volfsburg”ga jarima zarbasidan gol kiritdi. Shu tariqa “Real Madrid” yarim finalga yo‘l oldi, va u yerda “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi eng esda qolarli kambeklar | Zamon.uz