“Real” Chempionlar ligasi qiroli”
Anchelotti “Chelsi”ga qarshi bahs haqida gapirdi.

Karlo Anchelotti “Chelsi”ga qarshi o‘yin oldidan “Real”ning Chempionlar Ligasidagi rekordini yuqori baholadi.
“Biz har doimgidek yaxshi holatdamiz, motivatsiyaga to‘lamiz. Bizni juda muhim musobaqada muhim bahs kutmoqda. Mukammal o‘yin o‘tkazish haqida o‘ylayapmiz. 90 daqiqada hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Bor kuchimiz bilan o‘ynashga tayyor bo‘lamiz. Bu klubda nima qilish kerakligi aniq ifodalanadi: har doim g‘alaba qozonish. Oxirigacha kurashing va bor kuchingizni bering. Agar yana yarimfinalga chiqsak, demak, ko‘p mehnat qildik. Tarixning aytishicha, “Real” — bu turnir qiroli, biz esa uning kichik bir qismimiz. Bu klub Chempionlar Ligasida hukmronlik qilmoqda, 14 ta kubok qo‘lga kiritildi, biz ham navbatdagi g‘alaba bilan o‘z vazifamizni bajarishga harakat qilyapmiz”, — deya “Real” bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.







