“Barselona”dan yana bir yurish
Klub yozda Alexander-Arnoldni arzon narxda sotib olmoqchi.

“Barselona” “Liverpul” himoyachisi Trent Alexander-Arnoldni yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
“Team Talk” nashriga tayanib xabar berishicha, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi allaqachon “Barselona” prezidenti Joan Laportga futbolchini qo‘lga kiritishni so‘rab murojaat qilgan. Murabbiy orzu qilgan nomzodlardan biri Aleksandr-Arnold. “Barselona” “Liverpul”ning 2023/2024-yilgi yevrokuboklar mavsumini o‘tkazib yuborishiga umid qilmoqda, bu esa kataloniyaliklarga o‘yinchini arzonlashtirilgan narxda sotib olishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Liverpul” bilan shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 65 million yevroga baholamoqda.







