“Bavariya” prezidenti isteʼfoga chiqarilishi mumkin
Ayni vaqtda mutaxassisning kelajagi muhokama qilinmoqda.

“Bavariya” rahbari Oliver Kan klubdan haydalishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.
53 yoshli funksioner 2021 yil iyulidan buyon o‘z lavozimida ishlab kelmoqda. Kan 2020 yilda “Bavariya”da dastlab klub direktorlar kengashiga qo‘shilgandi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida myunxenliklar bosh murabbiy Yulin Nagelsmanni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga Tomas Tuxelni tayinlagan edi. Shundan so‘ng “Bavariya” Germaniya kubogi va Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. Bundesligada esa klub Dortmundning “Borussiya” klubidan ikki ochko farq bilan birinchi o‘rinda bormoqda.







