Haftaning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
UEFA nomzodlarni eʼlon qildi.

UEFA rasmiy sayti chorak final javob o‘yinlari natijalariga ko‘ra, Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini eʼlon qildi. Unga Federiko Valverde (“Real”), Rafael Leau (“Milan”), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) va Lautaro Martines (“Inter”) kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi yarim finalida “Milan” “Inter” bilan, “Real” esa “Manchester Siti” bilan o‘ynaydi. Italiya jamoalari ilk o‘yinni 10 may kuni, inglizlar ispanlar bilan 9 may kuni maydonga chiqishadi.







