“Real” Benzema va Kroos bilan shartnomani uzaytirdi
Barcha kerakli hujjatlar to‘ldirilgan.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, germaniyalik yarimhimoyachi allaqachon klub bilan yangi bitim imzolagan. Barcha kerakli hujjatlar to‘ldirilgan. Shartnoma 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. “AS”ning yozishicha, fransiyalik forvard bilan yangi bitim ham 2024 yilgacha amal qiladi. Bunda “Oltin to‘p” sohibi bilan kelishuvni avtomatik tarzda bir yilga uzaytirish bo‘yicha band faollashtirilgan. Madrid klubiga bir yildan keyin “Palmeyras”dan yosh braziliyalik hujumchi Endrik qo‘shilishini ham inobatga oldi. 33 yoshli Kroos 2014 yildan buyon La Liga klubida to‘p tepmoqda. U bu mavsumda chempionatda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. 35 yoshli Benzema esa 2009 yildan beri “Real”da o‘ynaydi. U bu mavsumda La Ligada 19 ta bellashuvda 14 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.







