Jahon

Xitoy dunyoning yangi hakamimi?

O‘tgan oyda Saudiya Arabistoni va Eronni yarashtirgan Xitoyning diplomatik taʼsiri tobora ortib bormoqda. Uzoq yillar davomida “soyada” qolishni afzal ko‘rgan xitoyliklar global maydonda faollikni kuchaytirmoqchi.

Xitoy dunyoning yangi hakamimi?

 

O‘tgan oyning eng muhim diplomatik voqeasi, shubhasiz, Saudiya Arabistoni va Eron diplomatik munosabatlarining qayta tiklanishi bo‘ldi. 2014 yildan buyon aloqalari muzlatib qo‘yilgan bu ikki davlat anʼanaviy diplomatik markazlarida, masalan, Jeneva yoki Venada emas, balki Pekinda o‘zaro kelishib oldi. Bu tabiiyki, XXRning global maydondagi katta yutug‘i sifatida ko‘rilmoqda. Uzoq yillar davomida Yaqin Sharqda gegemon maqomga ega AQSH yoki 2015 yildan keyin mintaqada taʼsiri sezilarli darajada oshgan Rossiya emas, bir necha o‘n yillar davomida “soyada” bo‘lib kelgan Xitoy Tehron va Ar-Riyodni yarashtirib qo‘ydi. Nafaqat mintaqa, balki butun dunyoda o‘yin qoidalarini o‘zgartirib yuboradigan ushbu kelishuv xitoyliklarning diplomatik frontda tobora faollashayotganini anglatadi.

 

Mavjud bo‘shliqlar

 

Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi va uning oqibatlari xalqaro maydonda maʼlum bo‘shliqlarni yuzaga keltirdi. Masalan, AQSH asosiy eʼtiborni yana Yevropaga qaratishga majbur bo‘ldi. Vashington tashqi siyosatida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi ustuvorlikni maʼlum darajada Ukrainaga berib qo‘ydi, deyish mumkin. YEIning strategik suvereniteti masalasi qaysidir maʼnoda hamon so‘roq ostida, Rossiyaning konsentratsiyani deyarli to‘liq harbiy nizoga qaratgan, Hindiston global ambitsiyalarni ochiqlashga shoshilmayapti. Shu nuqtai nazardan Xitoyning xalqaro “shaxmat maydoni”da faol harakatlarini tabiiy deb hisoblash mumkin.

 

Ko‘pchilik ekspertlar Eron-Saudiya munosabatlari normallashuvini ilk qadam deb hisoblashmoqda. Kuni kecha XXR tashqi ishlar vazirligi Isroil-Falastin munosabatlari yaxshilanishida vositachi bo‘lish istagini bildirdi. Rasmiy Pekinga ko‘ra, "Xitoy Isroil-Falastin masalasida hech qanday egoistik maqsadlarga ega emas".

 

Ukraina mojarosini hal qilish ham Xitoyga qoldimi?

 

So‘nggi vaqtlarda XXR Ukraina mojarosi atrofida diplomatik faolligini ham kuchaytirishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.

 

Eng avvalo, fevral oyida Xitoy tomoni Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari uchun o‘z reja va takliflarini eʼlon qildi. Bu G‘arb va Kiyevning o‘zi tomonidan "reallikdan uzoq" deb baholangan bo‘lsa, Kreml, aksincha, Sharqdagi eng yaqin ittifoqchisining bu tavsiyalarini, asosan, maʼqulladi. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Si Szinpin mart oyida Rossiyaga tashrifi davomida Vladimir Putin bilan aynan XXR variantini muhokama qilgan. Bu kamyob hodisa: RF Ukraina masalasida deyarli hech bir davlat taklif va tavsiyalariga quloq solmasligi yaxshi maʼlum. Ammo Xitoyga kelganda bu prinsipdan chekinildi: muzokaralar davomida Putin "o‘ta keskin ko‘rinish olgan Ukrainadagi inqirozni bartaraf etish bo‘yicha Xitoy tashabbusini diqqat bilan o‘rganib chiqqan"ini taʼkidladi.

 

Pekin Ukraina masalasida o‘ziga xos va hg‘yech kimnikiga o‘xshamagan pozitsiyaga ega: uni frontning ikki tomonidagilar birdek eshitadi va hurmat qiladi. Kiyev XXRning global taʼsiri va obro‘si o‘sib borayotgan bir sharoitda yuqoridagi omil harbiy mojaroning yakunlanishi va tinchlik muzokaralari qayta tiklanishida hal qiluvchi rolni o‘ynashi mumkin.

 

Xulosa o‘rnida...

 

Uzoq yillar davomida tashqi siyosatda asosan iqtisodiy faollikka eʼtibor qaratgan XXR endilikda yirik siyosiy masalalarni hal qilishga urinmoqda. Bu bir martalik jarayon emas, keyingi o‘n yillikda Pekin tobora ko‘proq va faolroq diplomatiya olib borishi aniq. Bu ertami-kechmi sodir bo‘lishi muqarrar edi va biz kelajakda global maydonda yana-da qudratli Xitoyni ko‘ramiz.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"