Superklub “Barsa” yulduzidan voz kechdi
Jamoa Angliyadan futbolchi oladigan bo‘ldi.

Joriy mavsumda muxlislari ishonchini oqlay olmagan “Chelsi” yozda tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Avvalroq Angliya matbuoti “aristokratlar” mavsum yakunlanishi bilan “Barselona” tarbiyalagan yulduzlardan Gavini transfer qilishi haqida maʼlumotlar tarqatilgandi. Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, londonliklar bu variantdan voz kechishga qaror qilgan.
Gavining o‘zi ham hali boshqa chempionatlarda to‘p tepishga tayyor emas. Yosh yarim himoyachi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishni maʼqul ko‘rmoqda.
“Chelsi” maydon markazini mustahkamlash uchun Angliya Premyer-ligasida o‘ynash bo‘yicha katta tajriba to‘plagan o‘yinchilarga tayanadi. Ular yozda “Vest Xem” yetakchisi Deklan Rays va “Brayton” vakili Moyses Kaysedoni olib kelmoqchi.
Har ikki o‘yinchi qimmatbaho futbolchilar toifasiga kiradi. Ularni olish uchun “Chelsi” yaxshigina xarajat qilishi kerak.








