Sport

Chempionlar ligasida kim g‘alaba qozonadi?

Musobaqaning yarim final o‘yinlari 9 maydan start oladi.

Chempionlar ligasida kim g‘alaba qozonadi?

 

Yana kunlarda Yevropa chempionlar ligasining eng qiziqarli bahslari, yaʼni musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Turnirning dastlabki bellashuvida “Real Madrid” Angliyaning “Manchester Siti” klubi bilan to‘qnash kelsa, ikkinchi bahsda ikki italyan jamoasi final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Birinchi o‘yinlar 9–10 may kunlari bo‘lib o‘tsa, javob uchrashuvlari 16–17 may kunlari o‘tkaziladi. Biz bugun mazkur bellashuvlar oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholashga harakat qilamiz. 

 

“Real Madrid” (Ispaniya)

 

Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi guruh bosqichidan muammosiz o‘tdi: 13 ochko, «Leypsig», “Shaxtyor”, va «Seltik». Birinchi o‘rin. Ammo bu natijadan ajablanadigan hech narsa yo‘qdek. 1/8 finalda “Real” xuddi o‘tgan yilgi finalda bo‘lgani kabi «Liverpul»ni osonlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Chorak finalda madridliklar demontaj qilingan “Chelsi”ni ham ayab o‘tirmadi. O‘z uyida va safardagi g‘alaba Karlo Anchelotti jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. “Qirollik klubi” la Ligada birinchi o‘rin uchun kechayotgan raqobatda azaliy raqib hisoblangan “Barselona”dan 11 ochko ortda qolmoqda. Shu sababdan ham Madrid jamoasining asosiy maqsadi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish. Agar bu amalga oshadigan bo‘lsa, klub ikkinchi bor ketma-ket kubogni qo‘lga kiritadi. 

 

“Manchester Siti” (Angliya) 

 

“Manchester Siti” ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda.  Jamoa Premyer-ligada “Arsenal” bilan chempionlik uchun kurashmoqda. Chempionlar ligasida esa raqiblarini ketma-ket mag‘lubiyatga uchratishda davom etmoqda. “Borussiya Dordmund”, «Sevilya» va «Kopengagen» klublari bilan bir guruhdan joy olgan Xosep Gvardiola shogirdlari 14 ochko bilan guruhda osongina birinchi o‘rinni egalladi. 1/8 finalda inglizlarni «Leypsig» kutib turgandi. Nemislar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Siti”dan qaqshatqich zarbani qabul qilib oldi. Birinchi o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda “shaharliklar” raqiblarini 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Chorak finalda Gvardiola jamoasiga yana bir nemis klubi to‘qnash keldi. Biroq bu safar inglizlar raqiblaridan osonlik bilan ustun keldi. “Manchester Siti”ning navbatdagi “o‘ljasi” jamoaga endi bosh murabbiy bo‘lib taʼyinlangan Tomas Tuxelning «Bavariya»isi bo‘ldi. “Manchester Siti” yarim finalda “Real”ga qarshi maydonga chiqadi. Muxlislarni oldinda finalga teng ajoyib raqobat kutmoqda. 

 

«Milan» (Italiya)

 

Chempionlar ligasining yarim finaliga milanliklar bundan 16 yil avval chiqishgandi. Oradan shuncha vaqt o‘tib, muxlislarning sevimli jamoasi yana katta musobaqaning hal qiluvchi bahslariga kirishish arafasida turibdi. 2006/2007 yilgi mavsumda italiyaliklar finalda «Liverpul»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibi bo‘lishgandi. Ammo bu mavsumdagi natijalar haqida gapiradigan bo‘lsak, Stefano Pioli shogirdlari atigi 10 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rindagi “Chelsi”dan keyin ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi pog‘onalardan «Zalsburg» va “Dinamo Zagreb” jamoalari joy olishdi. 1/8 finalda milanliklar «Tottenhem»ni musobaqadan chiqarib yubordi. Ushbu qarama-qarshilik teng kurashlar ostida kechdi. Hammasini Brahim Diazning «San-Siro»dagi urgan yagona goli hal qildi. «Milan»Ning chorak finaldagi raqibi Italiya jamoasi hisoblangan «Napoli» klubi bo‘lib chiqdi. Neapolliklar ayni vaqtda Italiya A Seriyasida chempionlik poygasida barcha raqiblarini sezilarli farq bilan ortda qoldirmoqda. Italiya chempionatida bo‘lgani singari chorak finalda «Milan» «Napoli»dan ustun keldi. Endi esa Chempionlar ligasining yarim final o‘yinida bizni Milan debisi kutmoqda. 

 

«Inter» (Italiya) 

 

Simone Inzagi jamoasi so‘nggi yillarda «Inter» haqida shakllangan barcha stereotiplarni yo‘q qildi. Guruhdagi top jamoalar «Bavariya», “Barselona” va “Viktoriya” «Pizen» bilan o‘tgan bahslardan so‘ng Inzagi shogirdlari 10 ochko bilan nemis jamoasidan keyin ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi. 1/8 finalda «Inter»ga omad kulib boqdi. Jamoa qurʼa natijasiga ko‘ra, bu bosqichda autsayder hisoblangan «Portu» bilan kurash olib boradigan bo‘ldi. Ajablanarlisi esa milanliklar bu bahsda Lukakuning Italiyada urgan yagona goli evaziga chorak final chiptasiga egalik qildi. Mazkur bosqichda esa «Inter»ni yana bir Portugaliya klubi qarshi oldi. Bu safargi raqib anchagina jiddiy «Benfika»  kubi edi. Biroq lissabonliklar Italiya jamoasi bilan o‘tgan har ikki o‘yinda ham g‘alaba qozonishni uddalay olishmadi. Birinchi bahs 0:2 hisobida yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda tomonlar 3:3 natijasini qayd etishdi. Turnirning yarim finalida «Inter» azaliy raqibi hisoblangan «Milan»ga qarshi maydonga chiqadi. Ishqibozlarni oldinda ajoyib derbi kutmoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionlar ligasida kim g‘alaba qozonadi? | Zamon.uz