“Hasadgo‘ylar mish-mishlarni o‘ylab topadi”
Ronalduning sevgilisi futbolchi bilan ajrashishi mumkinligi haqida gapirdi.

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges ularning ajralishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
“Hasadgo‘ylar mish-mishlarni o‘ylab topadi, g‘iybat tarqatadi va ahmoqlar ularga ishonadi”, — deya Jorjina ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.
Avvalroq, OAVda Jorjina savdo markazlarida ko‘p vaqt o‘tkazib, katta miqdorda pul sarflayotgani uchun Ronaldu bilan kelishmovchilik yuz berayotgani haqida xabar tarqalgandi. Ronaldu va Jorjinaning bir nechta farzandlari borligiga qaramay, ular hali ham turmushga chiqmagan.







