Sport

“Yuventus”ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar

Ular orasida 8 nafar o‘yinchi bor.

“Yuventus”ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar

 

Yozgi transfer oynasida “Yuventus” klubini tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomi maʼlum bo‘ldi. Ular orasida kimdir janjal uchun haydalayotgan bo‘lsa, kimdir raqobat tufayli jamoani tark etishi mumkin.

 

Leandro Paredes (Argentina, yarim himoyachi, 28 yosh)

 

Rahbariyat Paredesning o‘yinidan norozi, shuning uchun italyan klubi uni “PSJ”dan sotib olmaydi. Leandro Fransiyaga qaytadi va u yerda uning taqdiri nihoyat hal qilinadi.

 

Anxel Di Mariya (Argentina, vinger, 35 yosh)

 

Ammo Di Mariyada hali ham “Yuventus”da qolish imkoniyati bor. Jurnalistlarning fikricha, futbolchi shartnomani bir yilga uzaytirishi mumkin, biroq bu hali amalga oshgani yo‘q.

 

Voysex Shesniy (Polsha, darvozabon, 33 yosh)

 

So‘nggi paytlarda Shesniyning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tobora kuchayib bormoqda, shuning uchun italiyaliklar uni Marko Karnesekki yoki Gugliyelmo Vikario bilan almashtirmoqchi. Voytsexning o‘zi “Tottenhem” klubining qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

 

Dushan Vlahovich (Serbiya, hujumchi, 23 yosh)

 

Dushan Vlahovich Turinda qoladimi? Bu katta intriga. Jamoa futbolchiga umid bog‘layotgan bo‘lsada, Dushan ham “Arsenal”ning asosiy transfer maqsadiga aylandi. Ammo uning uchun kurashga “Real” ham qo‘shilishi kutilmoqda.

 

Ueston Makkenni (AQSH, yarim himoyachi, 24 yosh)

 

Makkenni yil boshida “Lids” jamoasiga ijaraga berildi, uning shartnomasi mavsum oxirigacha davom yetadi. Agar inglizlar uni bonuslar bilan birga 33 million yevroga sotib olishga qaror qilsalar, Ueston Italiyaga qaytmaydi.

 

Adriyen Rabio (Fransiya, yarim himoyachi, 28 yosh)

 

Rabio “Yuve”ni tark etib, “PSJ”ga qaytishi haqidagi mish-mishlar tobora kuchayib bormoqda. Biroq Adriyenga Angliyaning bir qator klublari – “Tottenhem”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgan.

 

Aleks Sandro (Braziliya, himoyachi, 32 yosh)

 

Sandro ham keyingi mavsumdan “Yuventus”ning asosiy tarkibidan joy olmasligi mumkin. Klub yozda futbolchini sotishga tayyor. A Ceriyaning ushbu mavsumida futbolchi 22 ta o‘yin o‘tkazdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Xuan Kuadrado (Kolumbiya, yarim himoyachi, 34 yosh)

 

Kuadrado rahbariyat bilan ham aloqani yo‘qotdi va yaqinda Italiya kubogi yarim finalida “Inter” bilan o‘yinda mushtlashuv sabab o‘chayotgan olovga qayta yog‘ quydi. Futbolchi “Al-Nasr”ga o‘tishi mumkin.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Yuventus”ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar | Zamon.uz