0

Raketalar “yomg‘iri”: Rossiya Ukraina shaharlariga zarbalar berdi — foto

Qurbonlar soni oshmoqda.

Raketalar “yomg‘iri”: Rossiya Ukraina shaharlariga zarbalar berdi — foto

 

Bugun tunda Rossiya Ukraina bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Kiyev, Cherkass, Dnipropetrovsk va boshqa oblastlarda portlashlar ro‘y bergan. Ukrain harbiylari maʼlum qilishicha, Rossiya jami 23 ta qanotli raketa uchirgan, Ukraina qurolli kuchlari esa ularning 21 tasini urib tushirgan.

 

Uman shahrida raketa yoki uning parchalari ko‘p qavatli uy podyezdini to‘liq vayron qilgan, natijada, so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 20 ga yaqin kishi tan jarohati olgan.

 

Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning maʼlum qilishicha, Umanda halok bo‘lganlar orasida yosh bola ham bor. Go‘dakning o‘limi haqidagi maʼlumotni Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Darya Zarivna ham tasdiqlagan.

 

Dniproda esa zarba oqibatida xususiy uy vayron bo‘lgan. Mahalliy maʼmuriyat xabariga ko‘ra, bu yerda 31 yoshli ayol va uning ikki yoshli qizchasi halok bo‘lgan. Yana bir necha kishi yaralangan.

 

 

Kiyevning Ukrainka shahrida ham raketa parchalari turarjoy binosiga kelib tushgan. Oqibatda, 13 yoshli qiz jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Kiyev maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, poytaxt atrofida 11 ta raketa va ikkita dron urib tushirilgan.

 

«Bu tunda dushman yana Ukrainaga raketalar va uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan hujum qildi. Terrorchilar nishoni - tinch aholi va obyektlar. Umanga raketa zarbalari oqibatida 10 ga yaqin ko‘p kvartirali uylar shikastlandi. Ulardan birida podyezd to‘lig‘icha vayron bo‘lgan. Xarobalar ostida odamlar qolmoqda. Afsuski, jabrlanganlar va qurbonlar bor, jumladan yosh bolalar. Dniproda terrorchilar go‘dakning umriga zomin bo‘lishdi.  Rossiya terrori tufayli o‘z yaqinlarini yo‘qotgan barchaga hamdardlik bildiraman», — deya yozgan o‘z sahifasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

 

Bu 9 martdan buyon amalga oshirilgan ilk yoppa raketa zarbalari bo‘ldi. O‘tgan oy boshida Ukraina shaharlari Bryansk oblastidagi diversiyaga javoban o‘qqa tutilgandi. O‘shanda Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy rossiyalik harbiylar quruqlik, dengiz va havodan jami 81 raketa uchirgani haqida maʼlum qilgandi.

 

Rossiya mudofaa vazirligi hozircha Ukraina shaharlariga yo‘llangan navbatdagi zarbalar yuzasidan izoh bermadi.

 

 

Zalujniyning maʼlumotiga ko‘ra, zarbalar Kaspiy dengizi akvatoriyasidan turib Tu-95 rusumli bombardimonchilar orqali yo‘llangan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Raketalar “yomg‘iri”: Rossiya Ukraina shaharlariga zarbalar berdi — foto