“Manchester Siti” Holandni “Real”ga bermoqchi emas
Klub futbolchiga yangi taklif tayyorlamoqda.

“Manchester Siti” Erling Holand bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Norvegiyalikning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi, ammo “shaharliklar” allaqachon futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan. Jamoaning bu qarorga kelishiga Madridning “Real” klubi tomonidan Holandga bo‘layotgan qiziqish sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, skandivaniyalik bombardir joriy mavsum 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urdi va sheriklariga 8 ta samarali uzatma amalga oshirdi.







