Parijliklar jamoada qayta qurish ishlarini boshlaydi
Klub transfer oynasida tarkibni tiklash uchun 225 million yevro sarflashga tayyor.

“PSJ” rahbariyati yozda jamoani qayta qurish uchun taxminan 225 million yevro ajratishga tayyor. Bu haqda “L‘Équipe” nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, yozda jamoani erkin agent sifatida himoyachi Serxio Ramos tark etadi, chunki uning shartnomasi tugaydi, yana bir markaziy himoyachi Presnel Kimpembe ham sotilishi mumkin. Parijliklar o‘z o‘rnida “Nitsa”dan Jan-Kler Todibo va Monakodan Aksel Disasi nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Parij klubi “Nitsa”dagi Kefren Tyuramga qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari, iyun oyida shartnomasi tugaydigan Lionel Messi ham yozda jamoani tark etishi xabar qilingan. Uning o‘rniga bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda: “Tottenhem”dan Harri Keyn, “Napoli”dan Viktor Osimhen, “Ayntraxt” hujumchisi Randal Kolo Muani va yozda “Borussiya-M”ni erkin agent sifatida tark etadigan hujumchi Markus Tyuram.







