0

13 yoshli qiz 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani aytildi

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari holat yuzasidan maʼlumot berdi.

13 yoshli qiz 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani aytildi

 

Mahalliy nashrlardan birida Buxoroda 13 yoshli qiz cho‘lda 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani haqida xabar tarqaldi

 

Xabarda maʼlum qilinishicha, qiz onasi vafot etgani sababli akasining oilasi bilan birga yashagan. Qizning yangasi uni begona erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majbur qilib kelgan. Erkaklar qizning qarshiligiga qaramay, unga nisbatan kuch ishlatishib, jinsiy zo‘ravonlik qilishgan. Yanga qizni 4 nafar erkak qo‘liga topshirgan. Erkaklar qizni cho‘ldagi kulbalardan biriga majburlab, olib borishgan. Haydovchidan tashqari, uch nafar erkak 13 yoshli qizni navbatma-navbat zo‘rlagan.

 

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning aytishicha, holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan JKining 118-moddasi (Nomusga tegish), 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish, o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ayni paytda, 13 yoshli qizni cho‘lga olib chiqib, unga zo‘ravonlik qilganlikda gumonlangan uch shaxs hamda haydovchi ushlanib, qamoqqa saqlanmoqda. Yana bu ishga daxldorlar bor-yo‘qligi tajribali tergovchi tomonidan aniqlanmoqda. Barcha jarayonlar qonun doirasida, haqqoniy olib boriladi. Tergov yakuni bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda aybdorlarga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"