“Barselona”ga La Liga chempionligi uchun ikki ochko kerak
Jamoa chempionatning 33 o‘yinida 82 ochko to‘plagan.

“Barselona”ga Ispaniya chempionatida g‘alaba qozonish uchun ikki ochko kerak. Bu “Real”ning “Sosedad” bilan o‘yindagi mag‘lubiyatidan so‘ng maʼlum bo‘ldi. Kataloniyaliklar 33 o‘yindan so‘ng 82 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridliklar 33 o‘yinda 68 ochko to‘plagan. Jamoalar chempionatda hali beshta o‘yin o‘tkazishlari kerak. “Real Madrid” keyingi o‘yinlarda beshta g‘alaba qozongan taqdirda 83 ochko to‘playdi.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari chempionlik unvonini qo‘lga kiritish uchun ikki ochko to‘plashi kerak. Agar ochkolar teng bo‘lsa, “Real Madrid” qo‘shimcha ustunlikka ega bo‘ladi.







