Bugun Jalolov va Do‘smatov ringga ko‘tariladi
Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kuni start olmoqda.

Bugun boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kunida terma jamoaning to‘rt nafar aʼzosi ringga ko‘tariladi. Ular orasida Olimpiada chempionlari Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov kabi nomlarning borligi bugungi bellashuvlarga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshiradi. Juftliklar bilan tanishing:
-63.5 kg: Ruslan Abdullayev - Oer Ibarreche (Ispaniya) (14:55 dan so‘ng, B ring)
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Rabin Tapa (Nepal) (18:00, A ring)
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Alberto Ximenes (Meksika) (18:55 dan so‘ng, A ring)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Danis Latipov (Bahrayn) (20:10 dan so‘ng, A ring).







