Sport

Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etadimi?

Peres Krishtianuni “Real”ga olib ketishga tayyor.

Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etadimi?

 

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinyu “El Nasional” nashrining xabariga ko‘ra, “Al-Nasr” hujumchisi mamlakatga moslashishda qiynalgan. Ronalduga ham til bo‘yicha muammo paydo bo‘lmoqda. Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi 9 yil davomida “Real”da o‘ynagan Madridga qaytishni istamoqda. Madrid klubi prezidenti Florentino Peres Ronalduga klubga elchi sifatida qaytishni yoki unga jamoaning sport boshqaruvidagi lavozimni taklif qilishga tayyor. Krishtianu yana qanday sabablarga ko‘ra “Al-Nasr”ni tark etishi mumkin?

 

Ronalduning Saudiya Arabistonidagi birinchi oyi ajoyib o‘tdi. Odamlar yulduz haqiqatan ham “Al-Nasr”ga ko‘chib o‘tganiga ishonishmadi. Ammo “asal oyi” tugadi. Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges mahalliy odob-axloq qonunini buzganlikda ayblangan. Saudiya Arabistoni, ayniqsa, ayollar uchun qatʼiy qoidalarga ega musulmon mamlakati. Jorjina jamoat joylarida ochiqcha kiyingan.

 

2019 yilda Saudiya Arabistonida odob-axloq qonuni qabul qilindi. Jamoat joylarida to‘piqdan pastda tirsak va oyoqlarni qoplaydigan keng kiyim kiyish tavsiya etiladi. Bu qonunni buzganga moliyaviy jarima mavjud. Birinchi marta u 25 yevroga teng. Jorjina qandaydir tarzda jazolanganmi? Yo‘q, gap ommaviy axborot vositalaridagi shov-shuvlardan nariga o‘tmagan.

 

Aprel oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoni chempionatining “Al-Feyxa” bilan o‘yinidan so‘ng (0:0) Ronaldu raqibga: “Siz o‘ynashni xohlamaysiz!”, deb baqirdi va raqiblarning taktikasidan bezovta bo‘ldi. Shundan so‘ng Krishtianu tezda pastki tribuna xonasiga yo‘l oldi.

 

Keyin Krishtianuni “Al-Nasr” bosh murabbiy Rudi Garsiya bilan xayrlashishga qaror qilganlikda ayblashdi. Fransuz murabbiyi aprel oyi o‘rtalarida ishdan bo‘shatildi. Qayd etilishicha, Ronaldu mutaxassis ishidan norozi. Portugaliyalik “Al-Nasr”ni yana-da yuqori saviyada o‘ynashga qodir, deb hisoblashdi. Biroq, Garsiya ketganidan so‘ng, hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda fransuzga qilgan ishi uchun minnatdorchilik bildirgan postini eʼlon qildi: “Siz bilan ishlash juda yoqimli edi. Kelajakda sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman”.

 

Ronalduni “Al-Hilol” bilan o‘yin (0:2) so‘ngida yangi muammo kutib turardi. O‘yindan so‘ng 38 yoshli portugaliyalik futbolchiga raqib muxlislari “Messi, Messi!” deb baqirishdi. Keyinroq saudiyalik advokat Nuf bin Ahmed Ronalduni nomaqbul xatti-harakatlarda ayblab, prokuraturaga daʼvo arizasi berganini aytdi.

 

“Bu jamoat tartibini buzish jinoyati hisoblanadi va u xorijlik tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, hibsga olinishi va deportatsiya qilinishi mumkin”, dedi advokat. Biroq, bu ish hech qanday natija bermadi va Ronaldu jazolanmadi, deportatsiya ham qilinmadi.

 

Ammo bir necha kundan keyin janjal tufayli Krishtianu nomi yana yangiliklarda paydo bo‘ldi. Ronaldu Saudiya Arabistoni kubogi yarim finalida “Al-Vahda”ga qarshi o‘yinning birinchi yarmidan so‘ng murabbiylar shtabi bilan to‘qnash keldi. Maydonni tark etarkan, portugaliyalik murabbiylari haqida ranjigan gaplar aytdi. Natijada “Al-Nasr” 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu bilan bir qatorda, OAV Ronalduning sevgilisidan ajralishi mumkinligi haqidagi maʼlumotlarni muhokama qildi. Taʼkidlanishicha, u juda ko‘p pul sarflaydi va ko‘p vaqtini savdo markazlarida o‘tkazadi. Biroq Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi bu mish-mishlarni rad etdi.

 

Saudiya Arabistonida besh oy ichida Krishtianu allaqachon bir nechta noxush vaziyatlarga tushib qoldi. Portugaliyalikni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirgan (yiliga 200 million yevro) “Al-Nasr” futbolchidan voz kechadimi? Hamda u “Real Madrid”dagi ish uchun futboldan voz kechishga tayyormi? Afsonaviy futbolchining faoliyati shu qadar achinarli yakunlanishini tasavvur qilish qiyin.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etadimi? | Zamon.uz