Sherali Jo‘rayev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Bir qo‘shiq kuylayki...” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Yozuvchilar uyushmasi majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Bir qo‘shiq kuylayki...” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda Sherali Jo‘rayevga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzolik guvohnomasi va esdalik sovg‘alar topshirildi. Mazkur kitobda Sherali Jo‘rayev qalamiga mansub sheʼr va g‘azallar hamda “Ishq” dostoni o‘rin olgan.
Maʼlumot uchun, Sherali Jo‘rayev 1947 yilning 12 aprel kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti. Unga 1991 yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti berilgan, 2018 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.







