“Napoli” xo‘jayini jamoaning yangi maqsadi haqida gapirdi
Klub muddatidan avval Italiya chempionligini qo‘lga kiritgandi.

“Napoli” xo‘jayini Aurelio De Laurentis Chempionlar ligasi o‘yinlaridagi hakamlikni tanqid qildi.
“Endi biz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishimiz kerak. Chunki bu mavsumda biz Chempionlar ligasining eng kuchli jamoasi bo‘ldik deb o‘ylayman. Va faqat ikkala uchrashuvda ham yomon hakamlik tufayli biz turnirni tark etdik. Lekin bu futbol. Bu UEFA. Shuning uchun biz keyingi mavsumda va hatto keyingi yillarda ham yana urinib ko‘ramiz”, – deya De Laurentisning so‘zlaridan “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, A Ceriyaning 33-turidan o‘rin olgan “Napoli” – “Udineze” uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi. Bu natija Luchano Spaletti jamoasiga o‘z tarixida uchinchi marta muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritishi uchun yetarli bo‘ldi.







