Sport

“Arsenal” Vengerni so‘nggi o‘yinga taklif qilmoqchi

Ushbu taklif jamoa chempionlik imkoniyatini saqlab qolsagina yuboriladi.

“Arsenal” Vengerni so‘nggi o‘yinga taklif qilmoqchi

 

Londonning “Arsenal” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerni “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinga taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.

 

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar”ning sobiq bosh murabbiyiga taklif faqat “Arsenal” ushbu o‘yin boshlanishiga qadar APL chempionligi uchun kurashni davom ettirsa yuboriladi.

 

Oxirgi marta Venger 2022 yilning dekabr oyida “Arsenal”ning “Vest Xem”ga qarshi o‘yiniga tashrif buyurgan edi. Londonliklar 28 may kuni 38-turda “Vulverxempton”ga qarshi o‘ynaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” Premyer-ligada 35 o‘yindan so‘ng 81 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Manchester Siti”dan bir ochko ortda qolmoqda, ammo “shaharliklar” hisobida bitta ortiqcha o‘yin bor.

 

“Arsenal” Vengerni so‘nggi o‘yinga taklif qilmoqchi | Zamon.uz