Messining “Barsa”ga qaytmasligi oydinlashmoqda
Futbolchi yuqori daromad olish maqsadida “Al-Hilol”ni tanlaydimi?

“PSJ” va Messining atrofidagi gaplar yaqin vaqtlar ichida butun ommaning diqqat-markazida bo‘lib turibdi. So‘nggi vaqtlarda eʼlon qilingan xabarlarga ko‘ra, futbolchi va klubning ajrashishi aniq bo‘lib ko‘rinmoqda. Saudiya Arabistoniga safari Messining Parij klubi tomonidan jazolanishi bilan yakunlandi. Marko Kirdemir - FIFA agenti, Al-Xelayfi va Saudiya Arabistoni qiroli bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, argentinalik futbolchining kelajagini muhokama qilmoqda.
Kirdemir “Barselona” varianti bekor qilinganini tan oldi: “U “Barselona”ga bormaydi. U klubga nafaqaga chiqqanida qaytishni xohlaydi”.
“PSJ”da ham shartnomani uzaytirish borasida hech qanday gap-so‘z bo‘lgani yo‘q. Shu ehtimol bilan Messi Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqchi: “Mamlakatning qirollik jamoasi “Al Hilol”dan 600 million dollar taklif bor”, - deydi Kirdemir. Messi jamoa bilan tanishish, yashashi mumkin bo‘lgan joyni ko‘rish uchun ushbu mamlakatga bordi; oilasi rozi bo‘lsa Messi Saudiya Arabistonida o‘ynaydi”.
Bir necha oy oldin Marko Madridga Messi bilan juda muhim uchrashuv o‘tkazish uchun borgandi: “Biz mehmonxonada Saudiya Arabistoni federatsiyasi delegatlari bilan uchrashdik va futbolchi haqida gaplashdik”.
Shu tariqa Messining Saudiya Arabistoniga kelishi Parij klubi bilan ayrim qarama-qarshilikka sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng u “PSJ”dan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.
Al-Xelayfi faqat Messidan jahli chiqmayapti. O‘sha kuni tushdan keyin Parij klubining yuzlab muxlislari argentinalik futbolchining harakatlaridan noroziligini bildirdi.
Saudiya davlati aniq maqsad bilan dunyoning eng yaxshi ligasini yaratishga ahd qilgan. Ular orasiga 2030 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish ham kiradi. Leo Messi saudiyaliklarning pullaridan taʼsirlangan yagona futbolchi emas. Kirdemir Serxio Ramosga ham shunday taklif kelishini tasdiqladi. Ayni paytda u Luka Modrich taklif olganini, lekin uni rad etganini maʼlum qilmoqda.







