Ronaldu u bilan selfi tushmoqchi bo‘lganlarni itarib yubordi
Hujumchi raqib jamoani mag‘lub eta olmagani uchun asabiy edi.

Portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin asabiylashgan ko‘rinadi. Unga birinchi mavsumdayoq Saudiya Arabistoni futbol chempionatida g‘alaba qozonish nasib qilmadi.
«An-Nasr» «Al-Xalij» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, raqibini yana mag‘lub eta olmadi.
Final hushtagi yangraganidan so‘ng Ronaldu asabiylasha boshladi. Futbolchi u bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan raqib jamoa xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ulardan birini itarib yuborgan.
«Al-Xalij» xodimlaridan biri Ronalduni quchoqlab, yo‘lda u bilan selfi tushmoqchi bo‘lgandi.








