“Biz o‘yin tezligini sekinlashtirishga majbur bo‘ldik”
Pep Gvardiola “Real”ga qarshi o‘yinda nimaga o‘zgarish qilmaganini aytdi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Real”ga qarshi o‘yinda o‘zgarishlarni amalga oshirmaganligini tushuntirdi.
“Maydondagi futbolchilar juda yaxshi o‘yladi. Bernardo Silva va Jek Grealish to‘pni ushlab turishi mumkin. Bu bizga kerak bo‘lgan narsa edi. Agar o‘yin tizgindan chiqib ketganida “Real Madrid” shunday sharoitda bizdan yaxshiroq harakat qilgan bo‘lardi. Shuning uchun biz tezlikni sekinlashtirishga majbur bo‘ldik”, – deya Gvardiolaning so‘zlaridan “Mundo Deportivo” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. 36-daqiqada Vinisius jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib, hisobni ochdi. 67-daqiqada De Bryuyne uzoqdan yo‘llagan zarbasi bilan javob qaytardi. Javob o‘yini 17 may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.







