“Raqib uzoq masofadan zarba berishga majbur bo‘ldi”
Tibo Kurtua “Manchester Siti”dan o‘tkazib yuborgan goli haqida gapirdi.

Belgiyalik “Real” darvozaboni Tibo Kurtua “Manchester Siti”ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi yarimfinalining birinchi o‘yinidagi durangdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ikkala jamoa yaxshi o‘ynadi. Siz raqibga bo‘sh joy qoldirolmaysiz. Gyundogan va Bernardu Silva bundan bemalol foydalana oladi. Biz bu vazifani yaxshi bajardik. Natijada raqiblar uzoq masofadan zarba berishga majbur bo‘lishdi”, — deya Kurtuaning so‘zlaridan “BT Sport” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, javob o‘yini 17 may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi. Ikki o‘yinli qarama-qarshilik natijalariga ko‘ra, jamoalardan biri 2022/2023 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi finaliga yo‘llanma oladi. Boshqa yarim finalda “Inter” va “Milan” to‘qnash keladi. Ularning ilk o‘yini bugun bo‘lib o‘tadi.







