“Raqibning umuman farqi yo‘q”
Chimayev o‘zi jang qilmoqchi bo‘lgan sportchilarni aytdi.

Asli chechenistonlik shved jangchisi Hamzat Chimayev navbatdagi jangni kim bilan o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qildi.
“Men hamma bilan kurashishga tayyorman. Raqibning umuman farqi yo‘q: Belal Muhammad, Kamaru Usmon, Isroil Adesanya, Leon Edvards, Kolbi Kovington, Robert Uittaker”, — dedi Chimayev.
Eslatib o‘tamiz, Chimayev 2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida aqshlik sportchi Kevin Holland bilan to‘qnashib, uni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. 29 yoshli jangchi yaqin kelajakda o‘rta vazn toifasiga o‘tishi va oktabr oyida Abu-Dabidagi UFC musobaqasida ishtirok etishi kutilmoqda.







