0

Ozarbayjon — Armaniston chegarasi yana notinch

Chegarada navbatdagi qurolli to‘qnashuv yuz berdi, 5 kishi yaralandi.

Ozarbayjon — Armaniston chegarasi yana notinch

 

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida navbatdagi qurolli to‘qnashuv yuz berdi, 5 kishi jarohat oldi. Tomonlar bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda va chegaradagi vaziyatni ataylab qiyinlashtirganlikda ayblayapti.

 

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 10 may kuni kechqurun Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmasi Basargechar tumanining Zod qishlog‘i yo‘nalishidan Ozarbayjon armiyasiga qarata o‘t ochgan.

 

«Qarshi tomonning nishonga olib o‘q otishi natijasida Ozarbayjon armiyasining harbiy xizmatchi Maxmudlu Muslim Vidadi oglu boshidan og‘ir jarohat oldi», — deyiladi xabarda.

 

Xabar qilinishicha, yarador harbiy xizmatchi shoshilinch ravishda harbiy tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. Kelbadjar harbiy prokuraturasi Ozarbayjon Qurolli kuchlari askarining yaralangani bo‘yicha jinoiy ish ochdi.

 

Ozarbayjon tomonining xabariga ko‘ra, Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjonga yirik kalibrli qurol va minomyotlardan o‘q uzgan.

 

Armaniston Mudofaa vazirligi esa «11 may soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjon armiyasining Sotk (Zod) yo‘nalishida joylashgan arman qalʼalariga zambarak va minomyotlardan o‘q otildi», — deb ishontirmoqda.

 

Soat 07:00 dagi maʼlumotlarga ko‘ra, Armanistondan to‘rt kishi yaralangan. Armaniston Mudofaa vazirligining soat 07.50 da bergan maʼlumotlariga ko‘ra, chegarada otishmalar davom etyapti.

 

Aytilishicha, Ozarbayjon qurolli kuchlari “Bayraktar” uchish apparatlaridan foydalangan.

 

Armaniston tomonining soat 10:25dagi maʼlumotlariga ko‘ra, mudofaa idorasi 4 kishi yaralanganini maʼlum qildi.

 

«Yarador bo‘lgan ikki nafar harbiy xizmatchining ahvoli yaxshi, ikki nafarining ahvoli o‘rtacha og‘ir. Hozirda jabrlangan xodimlarning hayotiga hech qanday xavf yo‘q», — deyiladi xabarda.

 

Endilikda Armaniston Mudofaa vazirligi Armaniston-Ozarbayjon chegarasida keskinlik pasaygani haqida xabar berdi. Ozarbayjon tomoni xabariga ko‘ra, Armaniston qurolli kuchlari chegaraga qo‘shimcha kuchlar, shaxsiy tarkib va ​​texnika olib kelyapti.

 

Bungacha 11 aprelda ikki davlat o‘rtasida shiddatli jang bo‘lib, ikki tomondan 7 nafar harbiy halok bo‘lgan edi. Tomonlar bir-birini provokatsiya qilishda aybladi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"