“Real” Kroos va Modrichning o‘rniga o‘rinbosar topdi
Ikki futbolchining shartnomalari yaqinda yakuniga yetadi.

Madridning “Real” klubi “Bavariya” yarim himoyachisi Joshua Kimmixni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “TZ” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Real” yarim himoyachilari Toni Kroos va Luka Modrich 2024 yilda “Qirollik klubi”dagi faoliyatini tugatganida Kimmix bilan shartnoma imzolamoqchi. Kimmixning “Bavariya” bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Germaniyalik yarim himoyachining kelasi yozda “Real”ga o‘tishi ko‘rib chiqilmayapti, ammo myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzolanmasa, nemis klubi o‘z yetakchisini sotish variantini o‘rganib chiqadi.
Kimmixning o‘zi, agar uning yangi klubi Yevropa standartlari bo‘yicha yuqori saviyadagi va Chempionlar ligasida doimiy davogar bo‘lsa, “Bavariya”ni tark etish haqida o‘ylamoqda.







