“Real Madrid” faqat Chempionlar ligasi uchun tayyorgarlik ko‘radi”
Aguero Anchelotti shogirdlarining mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rishi haqida gapirdi.

“Manchester Siti” va “Barselona” klublarining sobiq hujumchisi Serxio Aguero “Real”ning Chempionlar ligasi yarim finali birinchi o‘yinidagi o‘yinidan hayratda ekanligini aytdi.
“Men Chempionlar ligasida “Real” bilan nima bo‘layotganini tushunmayapman. Aftidan, ular faqat ushbu musobaqa uchun tayyorgarlik olib borishadi. Jamoaning La Ligadagi o‘yiniga qarab: “Qanday qilib ular shunday o‘ynashadi?” deb o‘ylaysiz. Bu aqldan ozgan narsa”, - deya Agueroning so‘zlaridan “Sport” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangandi. Javob o‘yini 17 may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi. Ikki o‘yinli qarama-qarshilik natijalariga ko‘ra, jamoalardan biri 2022/2023 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi finaliga yo‘llanma oladi.







