Ronalduga 105 ming yevrolik soat sovg‘a qilindi
Unga futbolchining surati tushirilgan.

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida “Jacob&Co” soatlar butiki ochilishida 105 ming yevrolik soat bilan taqdirlandi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.
Soatda Ronalduning surati bor. Ular shuningdek, 26 ta oq olmos bilan bezatilgan. Kompaniya Ronalduning faoliyatidagi eng yaxshi lahzalarni aks ettiruvchi yangi kolleksiyani taqdim etgan. To‘plamdagi eng qimmat soat 131 000 yevro turadi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Al Nasr” safida 2023 yildan buyon to‘p suradi. Forvardning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda qatnashib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







