Di Mariya “Barselona”ga o‘tishi mumkin
Ispaniya klubi chap qanot himoyachisi qidirmoqda.

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Anxel Di Mariya yozgi transfer oynasida tekinga “Barselona”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Tuttosport” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Di Mariya faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Argentinalik hujumchi o‘z vataniga qaytishi yoki “Barselona”ga o‘tishi mumkin. Di Mariya o‘tgan mavsumda, “PSJ” bilan shartnomasi tugaydigan paytda “Barselona”ga o‘z xizmatlarini taklif qilgan edi. “Ko‘k-anorranglilar” uni qo‘lga kiritish haqida o‘ylashdi, biroq futbolchining yoshi tufayli bu g‘oyadan voz kechishdi.
“Barselona” chap qanot himoyachisi qidirishda davom etmoqda. Shuningdek, hujumchining “PSJ” hujumchisi Lionel Messi bilan ham yaxshi munosabatda ekanligi, u ham kataloniyaliklar safiga qo‘shilishi mumkinligi qayd etilgan.







