0

O'zbekiston xalqaro teatr san’ati festivaliga mezbonlik qiladi

Festival doirasida o'nlab xorij teatr jamoalari hamda respublikamiz teatrlarining sara asarlari namoyish etiladi.

O'zbekiston xalqaro teatr san’ati festivaliga mezbonlik qiladi

 

Festival doirasida Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya, Belorusiya, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjondan teatr jamoalari hamda respublikamiz teatrlarining sara asarlari namoyish etiladi. Festivalga taqdim etilgan sahna asarlarini sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat xalqaro ekspertlar guruhi koʻrikdan oʻtkazadi

 

22-may kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida festival tantanali ochilish oldidan matbuot anjumani oʻtkaziladi. Ochilish marosimdan keyin otaxon teatrning “Adolat fasli” spektakli namoyish etiladi.

 

23-may kuni G.Musrepov nomidagi Qozog‘iston davlat bolalar va o‘smirlar teatrining “Qorakoʻz” va Turkiya Eski shahar mustaqil teatrining “Qaytish” spektakllari;

 

24-may kuni Ozarbayjon davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Urush” va Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Qorqit” spektakllari;

 

25-may kuni V.Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatrining “Umar Xayyomning istigʻfori ”va O‘zbekiston davlat drama teatrining “Romeo va Juletta” spektakllari;

 

26-may kuni B.Kidikeeva nomidagi Qirg‘iz davlat yoshlar teatrining “Umut” va Minsk shahar yangi drama teatrining “Varshava ohanglari” spektakllari;

 

27-may kuni Nodar Dumbadze nomidagi Tbilisi yosh tomoshabinlar teatrining “Tun va toʻtiqush” va Sankt-Peterburg Vasilyev orolchasi davlat drama teatrining “Uzoq choʻzilgan Rojdestvo tushligi” spektakllari namoyish etiladi.

 

Barcha asarlar ekspertlarning xulosasiga ko‘ra turli yo‘nalishlarda baholanib, diplom (sertifikat), statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

 

Xalqaro teatr san’ati anjumanining taqdirlash morisimi 28-may kuni“Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

O'zbekiston xalqaro teatr san’ati festivaliga mezbonlik qiladi