Velosport: O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqada 11 ta medalni qo‘lga kiritdi
Poytaxt va Toshkent viloyatida "Oqtosh-Chorvoq Mountain" poygalari yakunlandi.

Poytaxtimiz va Toshkent viloyati trassalarida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha "Oqtosh-Chorvoq Mountain" ko‘pkunlik poygalari yakunlandi.
Xalqaro velosportchilar ittifoqi (UCI) taqvim rejasidan o‘rin olgan ushbu xalqaro turnirda 14 mamlakatdan 120 nafar sportchi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib borishdi.
Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari 5 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kirdi.
Turnirda shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz:
Oltin medal:
Yanina Kuskova (2 ta);
Olga Zabelinskaya;
Margarita Misyurina;
Ulug‘bek Saidov.
Kumush medal:
Olga Zabelinskaya (2 ta);
Yanina Kuskova;
Bronza medal:
Margarita Misyurina;
Begzod Rahimboyev;
Aleksey Fomovskiy.
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu musobaqa orqali mamlakatimiz erkaklar terma jamoasi 151, ayollar jamoasi esa 402 reyting ochkosini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali jahon reytingida velesport bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23-o‘rindan 19-pog‘onaga, yigitlar jamoasi esa 52-o‘rindan 45-pog‘onaga ko‘tarildi.







