"Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati hamda sanʼati yili"ga start berildi
Bu yil Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoyda asosiy eʼtibor akademik va talabalar almashinuvi dasturlariga, yoshlar forumlari hamda sport musobaqalarini o‘tkazishga qaratiladi.

Xitoyning Sian shahrida «Markaziy Osiyo – Xitoy» birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Saroy oldidagi maydonda Xitoy tarixi va madaniyatini aks ettirgan sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi. Shu bilan “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yili”ga start berildi.
2022 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida 2023 yilni “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yili” deb eʼlon qilishni taklif etgan.
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoyda bu yil asosiy eʼtibor akademik va talabalar almashinuvi dasturlariga, yoshlar forumlari va sport musobaqalarini o‘tkazishga qaratiladi.







