“Yaratgan ajoyib hikoyamizdan juda faxrlanaman”
Firmino “Liverpul”ni tark etadi.

“Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino joriy mavsum yakunida ingliz klubini tark etish qarori haqida gapirdi.
“Afsuski, davom etish vaqti keldi. Bu yerda sikl tugadi va men ketish vaqti kelganini bilaman. Men bu yerda qilgan ishlarim, birgalikda erishganimiz va birgalikda yaratgan ajoyib hikoyamizdan juda faxrlanaman. Bu mutlaqo aql bovar qilmas edi. Biz buyuk meros qoldirdik. Men jamoaning timsoli hisoblanamanmi? Bu sharaf. Bu meni xursand qiladi. “Liverpul” afsonasi sifatida klubni tark etasizmi? Bu menga mos keladi. Saloh va Mane bilan yonma-yon o‘ynash men uchun sharaf va zavq edi”, — deya Firminoning so‘zlaridan “The Independent” nashri iqtibos keltirdi.
Oldinroq “Liverpul” 31 yoshli braziliyalik futbolchini kelasi yozda, shartnomasi muddati tugagach, jamoani tark etishini rasman eʼlon qilgandi.







