Sport

“Atletiko” azaliy raqiblaridan futbolchi sotib olmoqchi

Klub bu ishga jiddiy kirishmoqda.

“Atletiko” azaliy raqiblaridan futbolchi sotib olmoqchi

 

“Barselona” hujumchisi Ansu Fati faoliyatini "Atletiko Madrid"da davom ettirishi mumkin.

 

“Todofichajes” nashrining xabariga ko‘ra, “matraschilar” yozgi transfer oynasida ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Oldinroq “Atletiko” “Barselona” himoyachisi Xordi Albaga ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Ansu Fati - “Barselona” tarbiyalanuvchisi, u 9 yoshidan beri jamoa tarkibida. 20 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fatining Kataloniya jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” La Liganing 34-turida “Espanyol”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi va muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoa 4 yil ichida ilk bor Ispaniya chempioniga aylandi.

 

“Atletiko” azaliy raqiblaridan futbolchi sotib olmoqchi | Zamon.uz