Sport

Qishda inqirozga uchragan “Siti” qanday qilib APL chempioniga aylandi?

Jamoaning muvaffaqiyatiga sabab bo’lgan asosiy omillar.

Qishda inqirozga uchragan “Siti” qanday qilib APL chempioniga aylandi?

 

Mavsum boshida “Manchester Siti” “Arsenal”dan 5 ochko ortda qolib ketdi. Ularda bu vaqt ichida ikkita qo’shimcha o’yinlar bor edi. Ammo jahon chempionati oldidan jamoa “Brentford”ga yutqazib qo’ydi. Mundialdan so’ng esa “Manchester Yunayted” (1:2) va “Tottenhem” (0:1)ga imkoniyatni boy berdi. Agar "Man Siti" o’zaro to'qnashuvda "Arsenal"ni mag’lub etgan taqdirda ham boshqa o'yinlardagi natijalar 100% chempionlikni kafolatlamasdi. Mavsumning birinchi qismida Gvardiola Erling Holandga moslashish yoki uni to’g’ri pozitsiyaga joylashtirish uchun uzoq vaqt talab qilindi. Jamoada muvozanat bilan bog'liq muammolar bor edi, "Arsenal" esa bundan unumli foydalandi.

 

Bahorga yaqinroq Pep Gvardiola mukammal kontseptsiyani ishlab chiqdi. Natijada Chempionlar ligasi finali yo'lida "Leypsig", "Bavariya" va "Real Madrid" mag'lub etildi. "Arsenal"dan esa Premyer-liga chempionligi tortib olindi. 23 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya, beshinchi chempionlik. Jamoa buning uchun uzoq yo’lni bosib o’tdi.

 

Yangi sxemaga o'tish

 

To'rtta kuchli himoyachi bilan ishlash. Pepning bu harakati tarixda qoladi. Chapda Natan Ake, markazda Ruben Dias va Manuel Akanji, o'ngda Jon Stounz - bu kombinatsiya bilan "Siti" Chempionlar ligasida "Bavariya"ni mag'lub etdi. Stouns, odatda, “soxta himoyachi” rolini o'ynadi. To'pga egalik qilishda u Rodri bilan bir chiziqqa o’ynadi va hujumlarni qo'llab-quvvatladi. Shuningdek, hatto jarima maydonchasi oldidagi maydonda to'pni egallab olib, gol ham urdi.

 

Gvardiola Joao Kanselodan qutuldi

 

2021/2022 yilgi mavsumda Kanselo "Man Siti"ning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgan. Biroq, keyin shunchaki "yulduz" maqomini ushlab qoldi. Gvardiola portugaliyalik futbolchini profilaktika maqsadida zaxirada saqladi. Ammo Kanselo bundan xafa bo'lib, "Bavariya" safiga borib qo’shildi. Ma'lum bo'lishicha, Gvardiola usiz ham yaxshiroq jamoaga ega edi. Natan Ake asosiy o’yinchiga aylandi. "Man Siti" himoyasida muvozanat yuzaga keldi. Aytgancha, “Bavariya” Kanseloni sotib olishni istamayapti. Ular to‘lovning katta miqdori (70 million yevro) va futbolchining xarakteridan norozi. Xabarlarga ko’ra, “Arsenal” futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Ammo, Joao ham bu mavsum Premyer-liga medalini oladi.

 

Holandning moslashuvi

 

Holandning birinchi turlardan so'ng APL to'purari bo'lishiga hech kim shubha qilmagan. Lekin maqsad futbolchini sotib olish boshqa, uni murakkab tizimga tatbiq etish boshqa narsa. Holandning kelishi Pepga amalga oshirish bilan bog'liq muammolarni hal qildi. Serxio Aguero davridan beri "Man Siti"da bunday samarali hujumchi bo'lmagan. Natijada Pep hammasini tuzatdi – “Siti”da uslublar o‘zgartirildi. Holand esa samarali harakat qila boshladi. 35 ta o'yinda jamoa 92 ta gol urdi. Oxirgi marta "Man Siti" 2017/2018 yilgi mavsumda raqiblar darvozasiga 106 ta gol kiritgan. Holand Premyer-ligada bir mavsumda gol urish bo'yicha rekordni yangiladi.

 

Tarkibning puxtaligi

 

Rahim Sterling, Gabriel Jezus va Aleksandr Zinchenko ketganidan so'ng, Pep odatdagidek zaxirada muammolar borligini bilardi. Ammo «Manchester Siti» bu yo'qotishlardan og'riqsiz o’tib oldi. Shuningdek, bundan 143,4 million yevro ishlab oldi. Jezusning o'rniga Julian Alvares paydo bo'ldi. Manuel Akanji himoyachi sifatida Zinchenkodan bir necha baravar kuchliroq bo'lib chiqdi va mavsum davomida u birdaniga uchta himoya pozitsiyasini (markazda, o'ngda va chapda) o’ynadi. Fernandinyo o'rniga Kalvin Fillips asosiy futbolchiga aylandi. Yosh Serxio Gomes va Maksimo Perrone paydo bo'lib, ba'zida zaxiradan maydonga tushib o’yinni kuchaytira oldi. Pep har bir pozitsiya uchun kamida ikkita (hatto uchta) sifatli variantni topdi.

 

Qishda Pep jamoadagi muhitni yaxshiladi

 

Yanvar-fevral oylarida "Man Siti" inqiroz cho'qqisiga yaqinlashdi - ular "Sautgempton"ga yutqazib (0:2) Liga kubogidan uchib ketishdi va chempionatdagi bir qator muhim ochkolarni yo'qotishdi. 19 yanvar kuni jamoa birinchi bo'limdan so'ng 0:2 hisobida "Tottenhem"ga yutqazdi. Bunga parallel ravishda Premyer-liga "Man Siti"ni 115 ta moliyaviy qoidalarni buzishda aybladi. Asta-sekin futbolchilarda psixologik muammolar paydo bo’la boshladi. Birinchidan, Kanselo "Bavariya"ga yo'l oldi (mish-mishlarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi ko'pincha turli vaziyatlarda ommaviy ravishda noroziligini bildirgan). Keyin Gvardiola va klub rahbarlari futbolchilar bilan bir necha uchrashuvlar o'tkazishdi. Shuningdek, Pep jurnalistlar bilan suhbatda yigitlarini tanimasligini ochiq aytdi. "Biz suhbatlashdik", deb eslaydi Rodri. - Yaxshi o'ynashning o'zi kifoya emas, raqiblarni ham jazolash kerak. Maydondagi vaziyat ustidan nazoratni yo'qotib qo'ydik”.

 

Vaqt o'tishi bilan Gvardiolaning tushkun so'zlari ilhomlantiruvchi izohlarga aylandi va o'yinchilar motivatsiyaning yangi qismini oldi. Natijada esa ular marrada bosimga bardosh bera olmagan “Arsenal”ni psixologik jihatdan tor-mor etishdi.

 

Jek Grealish

 

2021 yilning avgustida “Man Siti” Grealish uchun “Aston Villa”ga 117,5 million yevro to‘lagan. Klub nima uchun buncha miqdorda pul berganini tushunish uchun 1,5 yil kerak bo‘ldi. Jahon chempionatidan oldin, Grealish nihoyat Fil Fodenga raqobatni boy berganga o'xshardi, ammo keyin qayta tiklandi. Angliya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatini tark etganidan so'ng, futbolchi Nyu-Yorkka uchib ketdi va u yerda 11 kun ta'tilda bo'ldi. Angliyaga qaytgan Grealish "Man Siti"ning asosiy tarkibiga kirdi, Fodenni zaxira o'rindig'iga mixlab qo’ydi va uning gol urishi va maydondagi samaradorlikni keskin oshirishi, golli vaziyatlarning barqaror generatoriga aylandi.

 

Rodrining eng yaxshi mavsumi

 

Ispaniyalik himoyachi to'rt yildan beri "Man Siti"da o'ynayapti, ammo endigina barqaror sifat darajasiga erishdi. "Muslislar Holand haqida gapirishadi, lekin Rodriga e’tibor berishmaydi. Hozir dunyodan undan yaxshiroq yarim himoyachi bormi, bilmayman”, —  dedi Gvardiola “Real”ga qarshi javob o‘yinidan keyin (4:0).

 

Bundan tashqari bu mavsumda “Qotil yarim himoyachi” nomini olgan De Bryuyne ham juda samarali harakatlari bilan barchaning yodida qoldi. Futbolchi bu yilgi chempionatda 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Qishda inqirozga uchragan “Siti” qanday qilib APL chempioniga aylandi? | Zamon.uz