Sport

Salvadordagi futbol stadioniga kiraverishda 12 kishi halok bo‘ldi

Ular tiqilinchda qolib ketgan.

Salvadordagi futbol stadioniga kiraverishda 12 kishi halok bo‘ldi

 

Salvador poytaxti San-Salvadordagi futbol stadioni kiraverishida yuzaga kelgan tiqilinchda 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “BBS” nashri xabar bermoqda. Hodisa “Sussatlan” stadionida mahalliy “Alianza” jamoasi va "Santa Ananing Fas" jamoasi o‘rtasidagi o‘yin vaqtida sodir bo‘lgan. Bahs vaqtinchalik to‘xtatilgan.

 

Prezident Nayib Bukele bunday voqea hech qachon sodir bo‘lmaganini aytdi va "to‘liq tergov" boshlanganini maʼlum qilgan.

 

Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida yetti erkak va ikki ayol bo‘lgan. Ularning barchasi 18 yoshdan oshgan.

 

Salvadordagi futbol stadioniga kiraverishda 12 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz