Vinisius “Real”dan ketadimi?
Insayder Fabritsio Romano bu haqda maʼlumot berdi.

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoani tark etmoqchi emas.
Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Vinisius “Real”dan ketish haqida o‘ylamayapti va u allaqachon Madrid klubi bilan yangi shartnomasini uzaytirgan.
Avvalroq, Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi o‘yinda Vinisius irqchilikka asoslangan haqoratlarga uchragandi. Qo‘shimcha qilish kerakki, o‘yin davomida Vinisius maydondan chetlatildi. Braziliyalik futbolchi ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda “Valensiya” futbolchilari bilan bo‘lgan mushtlashuvda bevosita ishtirok etdi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan chetlatilishi hujumchi uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius “Real”da 2018 yildan beri to‘p suradi. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.







