Argentinadagi mundialning ikkinchi tur o‘yinlari start oldi
Jamoalarning natijalari qanday?

Kecha turnir mezboni У-20 jahon chempionatida ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. “A” guruhi 2-tur uchrashuvida ular Gvatemalani 3:0 hisobida mag‘lub etishdi. Alexo Velis, Luka Romero va Maksimo Perrone alohida ajralib turdi.
Ushbu g‘alaba evaziga Argentina muddatidan oldin olti ochko bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Undan keyin “A” guruhida Yangi Zelandiya to‘rt ochko bilan, O‘zbekiston bitta va Gvatemala 0 ochko bilan bormoqda.
“B” guruhi bahsida Ekvador Slovakiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Yevropa terma jamoasi Mate Szolgayning saʼy-harakatlari evaziga hisobni ochgandi. Ammo keyin Jastin Kuero va Xose Klingerning gollari janubiy amerikaliklarga g‘alaba keltirdi. “B” guruhini olti ochko bilan AQSH jamoasi boshqarmoqda. Slovakiya va Ekvadorda uchtadan ochko bor, ammo to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgani uchun Yevropa jamoasi yuqoriroqda. Fiji jadvalni nol ochko bilan yakunlab turibdi.
Bugun “S” va “D” guruhlaridagi bahslar doirasida Senegal - Isroil, Italiya - Nigeriya uchrashuvlari o‘tkaziladi. 25 may kuni esa Braziliya-Dominikan Respublikasi va Yaponiya-Kolumbiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.







