Sport

“Barsa” mavsum oxirida Xordi Albaning ketishini eʼlon qildi

Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishdi.

“Barsa” mavsum oxirida Xordi Albaning ketishini eʼlon qildi

 

“Barselona” o‘zining rasmiy saytida 2022/2023 yilgi mavsum yakunida himoyachi Xordi Albani tark etishini eʼlon qildi. Albaning “Barselona” bilan shartnomasi yana bir mavsumga mo‘ljallangan edi, biroq tomonlar erta xayrlashish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

 

"Klubimiz Xordi Albaga professionalligi, fidoyiligi shuningdek, “Barselona” oilasining barcha aʼzolari bilan doimiy ijobiy va do‘stona munosabatlari uchun ochiqdan-ochiq minnatdorchilik bildiradi. Xordiga kelajakda omad tilab qolamiz!" - deb yozdi klub matbuot xizmati.

 

“Barselona” bilan 11 mavsumda Alba 458 o‘yin o‘tkazib, 27 gol urdi va 99 golli uzatmani amalga oshirdi. 34 yoshli himoyachi kataloniyaliklar bilan 18 ta sovrin yutib, 6 marta Ispaniya chempioni bo‘ldi va bir marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” mavsum yakunida yana bir faxriy futbolchi Serxio Busketsning ketishini eʼlon qilgan edi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Barsa” mavsum oxirida Xordi Albaning ketishini eʼlon qildi | Zamon.uz