Eng dolzarb

Bugun yerda eng kuchli magnit bo‘roni yuz beradi

Bu esa aloqa tizimlari va inson salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Bugun yerda eng kuchli magnit bo‘roni yuz beradi

 

Shu kunlarda yerda kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu esa aloqa tizimlari va inson salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

 

Mutaxassislar sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilishni tavsiya qilmoqda. Zarurat tug‘ilsa, shifokorlardan yordam so‘rang.

 

23-26 may kunlari yerni eng kuchli magnit bo‘roni qamrab oladi va ertaga, 24-may kuni maksimal quvvati 5 ballga yetadi.

 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, magnit bo‘ronlar aloqa tizimlarining ishlashiga va ayniqsa, ob-havoga taʼsirchan, ipertoniya bilan og‘rigan kishilarning salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

 

Magnit bo‘roniga duchor bo‘lganlarga sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish, jumladan, qahva, spirtli ichimliklar, energetik ichimliklar va tamaki mahsulotlaridan voz kechishni tavsiya etiladi.

 

Agar kishi o‘zini juda yomon his qilsa, shifokorga murojaat qilishi lozim. Shuningdek, ko‘proq suv, ko‘k choy ichishni va ayniqsa stressli vaziyatlardan uzoqroq yurishni tavsiya qilishmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, magnit bo‘ronlari may oyining oxirigacha davom etadi. Jumladan, 28 may, yakshanba kuni 4 ballik magnit bo‘roni sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Bugun yerda eng kuchli magnit bo‘roni yuz beradi | Zamon.uz