"Real Madrid" prezidenti ispan futbolida hakamlikni isloh qilishga chaqirdi
U jamoasida irqchilik bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirdi.

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Vinisius Junior bilan bog‘liq irqchilik mojarosi haqida gapirdi.
"Men eʼlon qilmoqchimanki, «Real Madrid» endi bizning futbolchilarimizga nisbatan irqchilikka qarshi voqealarga toqat qilmaydi. Jabrlanuvchi hozir bo‘layotganidek, javobgarlikka tortilmasligi uchun hakamlik tuzilmasini o‘zgartirish kerak", - dedi Peres.
Avvalroq, Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi o‘yinda (0:1) Vinisius irqchilikka asoslangan haqoratlarga uchragandi. Qo‘shimcha qilamizki, o‘yin davomida Vinisius maydondan chetlatildi. Braziliyalik futbolchi ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda “Valensiya” futbolchilari bilan bo‘lgan mushtlashuvda bevosita ishtirok etdi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan chetlatilishi hujumchi uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius “Real”da 2018 yildan beri to‘p suradi. Forvardning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.







