Ten Xag Neymar haqidagi savolga javob berdi
Futbolchi APLga o‘tadimi?

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasining “PSJ” hujumchisi Neymarni sotib olishga qiziqishi haqidagi savolga javob berib, bu haqda biror narsa maʼlum bo‘lishi bilanoq, klub bu maʼlumotni taqdim etishini taʼkidladi.
"Manchester Yunayted»ning Neymarga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga qanday izoh berishim mumkin? Qachonki bizda yangilik bo‘lsa... Bu haqda sizga keyin aytib beramiz", - dedi Ten Xag.
Avvalroq Fransiya OAVlarida "Manchester Yunayted" Neymarning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagani haqida maʼlumotlar paydo bo‘lgandi. "Qizil iblislar" braziliyalik hujumchini ijaraga olmoqchi, ammo “PSJ” futbolchini to‘liq transfer qilishga tayyor.







