Mourinyo “PSJ”ni boshqarishi mumkin
Biroq, klub murabbiyga taklif yubormagan.

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “PSJ”ni boshqarishga tayyor. Bu haqda “LʼEquipe” nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis agar klubdan rasmiy taklif tushsa, kelasi mavsumda parijliklar jamoasi bilan ishlashga tayyor.
60 yoshli Mourinyo 2021 yilning iyulidan beri “Roma”da ishlab kelmoqda. O‘tgan mavsumda mutaxassis Rim klubi bilan Konferensiya ligasida g‘olib chiqqan. Bu yil esa “Roma” Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib keldi. Portugaliyalik murabbiyning Italiya terma jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar tuzilgan.







