Sport

O‘zbek grossmesteri "ChessKid Cup-2023" musobaqasida g‘olib bo‘ldi

Shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan 4 ta partiyaning 3 tasida durang qayd etildi.

O‘zbek grossmesteri "ChessKid Cup-2023" musobaqasida g‘olib bo‘ldi

 

O‘zbekistonlik grossmester Nodirbek Abdusattorov (2731) shaxmat bo‘yicha ChessKid Cup-2023 onlayn musobaqasi g‘olibiga aylandi.

 

Hamyurtimiz turnir finalida niderlendiyalik Yorden van Forestga qarshi dona surib, 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Shaxmatchilar o‘rtasidagi o‘tkazilgan 4 ta partiyaning 3 tasida durang qayd etilgan bo‘lsa, Nodirbek uchinchi partiyada qora donalarda o‘ynab, bahsni o‘z foydasiga hal etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"