“Barsa”ning yana bir sobiq futbolchisi hibsga olindi
U o‘q otar quroldan noqonuniy foydalangan.

“Barselona”ning sobiq himoyachisi Duglas Santos Braziliyada hibsga olindi. “Globo Esporte” nashri xabariga ko‘ra, Santos o‘qotar quroldan noqonuniy foydalangani uchun hibsga olingan. Futbolchi kechasi Braziliya shahridagi avtoturargohlardan birida havoga o‘q uzgan.
Keyinchalik Duglas Santos qurolni o‘rmonzorga yashirgan va qurol hali topilmagan, ammo futbolchining hibsga olingan. 32 yoshli futbolchi hozirda jamoasiz, uning so‘nggi klubi “Beshiktosh” edi.
Eslatib o‘tamiz, Santos “Barselona” tarkibida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Ikki bor Ispaniya chempioni va shuncha Ispaniya kubogi sohibi bo‘lgan.







