Endi gaz va "svet" o‘g‘rilari haqida xabar berib, "pul ishlash" mumkin
Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar mukofotlanadi.

Prezident farmoni bilan 2023-yil 1-sentabrdan:
➖ aholi tomonidan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi yuborilgan fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
➖ huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
➖ huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xabar bergan shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.
Foto yoki videoyozuvlar Energetika vazirligining internetdagi maxsus axborot tizimiga yuboriladi.







