Eng dolzarb

Rossiyada tojikistonlik talabalar huquq-tartibot xodimlari tomonidan kaltaklandi

Mazkur ish ortidan Rossiya elchisi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Rossiyada tojikistonlik talabalar huquq-tartibot xodimlari tomonidan kaltaklandi

 

Tojikistonlik talabalarning Rossiya huquq-tartibot xodimlari tomonidan ommaviy ravishda kaltaklangani tufayli, Rossiya elchisi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

 

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi saytida 19 may kuni Komsomolskiy-na-Amure davlat universitetida sodir bo‘lgan voqea Rossiya elchisining chaqirtirilishiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan. Xabarda aytilishicha, 100 dan ortiq tojikistonlik talaba Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan so‘roqqa tutilgan va shafqatsiz munosabatda bo‘lingan.

 

"Bunday hodisalar Tojikiston–Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhiga to‘g‘ri kelmaydi hamda tomonlarning taʼlim sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlariga zarar yetkazishi mumkin", — deyiladi Tojikiston TIV bayonotida.

 

Tojikiston tomoni, shuningdek, Tojikiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya hududida turli bahonalar bilan ommaviy hibsga olingani haqidagi maʼlumotlardan xavotirda ekanini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Rossiyada tojikistonlik talabalar huquq-tartibot xodimlari tomonidan kaltaklandi | Zamon.uz