Luis Enrike “Napoli”da yiliga 8 million yevro maosh olmoqchi
Italiya jamoasida katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda.

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike “Napoli”ning yiliga kamida 8 million yevro ishlab olishini istamoqda. Bu haqda "Il Mattino" xabar bermoqda. Manba bergan xabarga ko‘ra, Neapol klubida maosh bo‘yicha 53 yoshli ispaniyalik mutaxassisning talablari shu. Avvalroq Luis Enrike “Napoli” o‘z lavozimini tark etayotgan Luchano Spalettini almashtirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Enrike neapolliklarning jamoa bosh murabbiyligi uchun yetakchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatidan so‘ng Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgandi. O‘shandan beri ispaniyalik mutaxassis ishsiz edi.







